11:41 / 15.01.2020
3
17895
2019 yilda «chiroyli» avtoraqamlarning o‘rtacha narxi 4.3 million so‘m bo‘lgan
Foto: KUN.UZ

2019 yilda 36 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan.

Bu haqida bugun, 15 yanvar kuni Tovar-xomashyo birjasi AJda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Ta'kidlanishicha, avtoraqam.uzex.uz veb-sayti orqali sotilgan mazkur «chiroyli» raqamlar savdosining umumiy summasi 156.1 milliard so‘mga teng bo‘lgan. 

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha narxi 4.3 million so‘mni tashkil etgan. 

Bunda avtoraqamlarning sotuvi 2018 yilga nisbatan, son jihatdan 51.1 foizga, hajmi bo‘yicha esa 28.3 foizga o‘sgani qayd etilgan.

Respublika tovar-xomashyo birjasi Elektron tijoratni rivojlantirish va xaridlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Mansur To‘ychiyevning qayd etishicha, 2019 yilda sotilgan eng arzon «chiroyli» avtoraqam - 1 million 23 ming 786 so‘mga, eng qimmati esa 91 million 876 ming so‘mga baholangan.

Bundan oldin, onlayn auksion orqali 2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top