13:51 / 15.01.2020
1
13837
Shayxontohur tumanidagi YTH: ayol kishi halok bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 01:55da 102 raqamiga Shayxontohur tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Lutfiy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasida 28 yoshli, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi M.A. VAZ-2107 rusumli avtomobilni tegishli ruxsatnomasiz mast holatda boshqarib, boshqaruvni bajara olmasdan yo‘l chetiga chiqib ketgan va yo‘l chetida savdo qilib turgan 56 yoshli D.V.ni urib yuborgan. 

Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi, ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olingan jarohatlar sababli hayotdan ko‘z yumdi. 

Hozirgi vaqtda ushbu fakt bo‘yicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top