09:23 / 15.01.2020
7430
Turonbankning zamonaviy ofislari bilan ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaysiz
Foto: Turonbank

Ayni payt jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar fonida aholining turmush darajasi birmuncha yaxshilanib, kundalik yumushlarini hal etishi yengillashmoqda. Ayniqsa, bank – moliya tizimida joriy etilayotgan yangiliklar, qulay, sifatli va tezkor degan tushunchalarning naqadar haqqoniy ekanligini isbotlayapti. Xususan, erkin konvertatsiya, masofaviy va onlayn xizmatlar, tunu – kun ishlovchi bankomatlar hamda bularning barchasini o‘zida jamlagan bo‘linmalar so‘zimizga isbot bo‘lishi mumkin.

Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etayotgan Turonbank Respublikaning barcha hududlarida zamonaviy, bir vaqtning o‘zida o‘nlab moliyaviy amaliyotlarni bajarish quvvatiga ega bo‘lgan “Bank xizmatlari ofislari"ni tashkil etmoqda. Hozirga qadar shunday nuqtalarning 15 tasi ish boshlagan bo‘lsa, kuni kecha ularning safiga yana 4 ta qo‘shildi. Vodiy va voha ahli uchun Farg‘onada “Vodil”,  Namanganda “Do‘stlik”, Qarshida “Nasaf” hamda Navoiyda “Nurafshon” nomi ostidagi shunday ofislar o‘z eshiklarini ochdi.   

Endilikda ushbu aholi gavjum va ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda yashayotgan fuqarolar hisob raqam va plastik kartalar ochishlari, jismoniy shaxslarga barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini bajarishlari mumkin. Shuningdek, 24/7 rejimida eng so‘nggi rusumdagi bankomat va infokiosklar ularga xizmat ko‘rsatadi. Ahamiyatli jihati, ushbu ofislarning yangi mijozlari uchun “Markaz” nomli tarif rejasi ishlab chiqilganligidir. Unga ko‘ra, “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqi bir yil davomida bepul etib belgilanadi. 

Ma'lumot o‘rnida aytish kerak, “Turonbank” ATBning bunday bank xizmatlari ofislari 19 taga yetdi. Kelgusida ham butun respublika miqyosida ularning sonini bir muncha ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Call-sentr: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Top