18:10 / 16.01.2020
1
60588
Lavrov o‘zining lavozimi taqdiri haqidagi savolga javob berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovga Toshkentdagi Rossiya TIV MGIMO filiali professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalari bilan uchrashuvda chiqish qildi. Uchrashuvda ishtirok etgan o‘zbekistonlik jurnalistlardan biri unga hukumatdagi yangi maqomi haqida savol berdi, vazir kelajakda nima qilishi haqidagi savolga yumor bilan javob qaytardi.

«Siz jurnalistmisiz? MGIMOga kiring.

Mening vazifani bajaruvchi maqomim haqidagi savolingizga kelsak, shuni aytmoqchimanki, men institutni bitirganimdan keyin o‘tgan yillarda shunchaki qandaydir lavozimlarni egallamaganman, men hamisha o‘z majburiyatlarimni vijdonan bajarganman, hozir ham shunday qilishda davom etaman», degan u.

U shuningdek, O‘zbekistonning YeOIIga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar qanday bosqichda olib borilayotgani haqidagi savolga javob qaytarib, yakuniy qarorni respublika prezidenti va parlamenti qabul qilishini qayd etgan.

15 yanvar kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Vladimir Putinga o‘z boshqaruvidagi hukumat iste'foga chiqishini ma'lum qildi. 

Bu o‘zgarish Putinning parlamentga murojaatnomasidan keyin sodir bo‘ldi, Putin o‘z murojaatnomasida RF Konstitutsiyasiga tub o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida gapirgandi.

O‘zgartirishlar, xususan, bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining barcha a'zolarini Davlat Dumasi roziligi bilan tayinlashni nazarda tutadi. 

Amaldagi hukumat yangi hukumat shakllanguniga qadar vazifani bajarib turadi. O‘sha paytda Hindistondan Toshkentga kelgan Sergey Lavrov esa o‘z-o‘zidan Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top