16:00 / 16.01.2020
1
6385
Xitoy savdo kelishuvi doirasida AQShdan mahsulot sotib olishni 200 mlrd dollarga ko‘paytirish majburiyatini oldi
Foto: AFP 2019 / Frederick J. Brown

Xitoy AQSh bilan savdo kelishuvining birinchi qismi doirasida yaqin ikki yil ichida Amerika mahsulotlarini sotib olish hajmini 200 milliard dollarga ko‘paytirishi lozim. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.

Xususan, Xitoy 2020 yil 31 dekabrgacha AQShdan 200 milliard dollarlik sanoat mahsulotlari, xizmatlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va energiya tashuvchilar sotib olinishini ta'minlashi lozim.

Pekin 2020 yilda 2017 yildagiga nisbatan 32,9 milliard dollarga ko‘proq sanoat mahsuloti sotib olish majburiyatini olgan.

Sanoat mahsulotlari ro‘yxatiga samolyotlar, avtomobillar, elektron qurilmalar, farmatsevtika mahsulotlari, optik va tibbiy jihozlar kiritilgan.

AQSh va Vashington 13 bosqichli muzokaralardan so‘ng chorshanba kuni savdo kelishuvi doirasidagi hujjatlarning birinchi paketini imzoladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top