23:59 / 18.01.2020
0
4252
OCh-2020. Avstraliya Suriyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Osiyo chempionati (U-23) chorak finali doirasida 120 daqiqa davom etgan Avstraliya – Suriya o‘yini yakunlanib, yana bir yarim finalchi nomi ma'lum bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etgan o‘yinning 102-daqiqasida Al-Hassan Turening goli Avstraliya olimpiya jamoasiga Suriya ustidan g‘alaba keltirdi.Natijada okeaniyaliklar chorak finalda turnir mezbonlari Tailandni yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistonidan keyingi ikkinchi jamoa bo‘lishdi.

Avstraliya yarim finalda Janubiy Koreya – Iordaniya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

 Osiyo chempionati. 1/4 final.
18 yanvar (shanba)
Avstraliya - Suriya – 1:0

Gol: Al-Hassan Ture (102).

Eslatib o‘tamiz, chorak finalning yana ikkita uchrashuvi ertaga, 19 yanvar kuni o‘tkazilib, Janubiy Koreya – Iordaniya, BAA – O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Mavzu
Osiyo chempionati-U23
8 yanvar kuni Tailandda U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo chempionati start oldi. O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etayotgan turnir 26 yanvarga qadar davom etadi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top