11:22 / 18.01.2020
2
11802
Po‘lat Bobojonov AQSh elchisi bilan uchrashdi
Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazir Po‘lat Bobojonovning AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida taraflar o‘zaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, O‘zbekiston ekspertlarining AQShga tanishuv tashrifini tashkil etish borasida kelishib oldilar. 

Ma'lumotga ko‘ra, bu kabi tashriflardan ko‘zlangan maqsad AQShning huquq-tartibotni saqlash, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish borasidagi ish uslubini o‘rganishdan iborat bo‘lib, ekspert-kriminalistik bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash, sohani zamonaviy jihozlar bilan ta'minlashga ko‘maklashish kabi masalalarni hal etishdir.  

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasiga ko‘ra, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Amerika diplomatik missiyasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini ta'kidlab o‘tdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top