20:10 / 20.01.2020
0
11627
«Paxtakor» «Rostov» o‘yinida durang qayd etildi

Abu-Dabi shahrida yig‘in o‘tkazayotgan «Paxtakor» klubi bugun, 20 yanvar kuni Rossiya Premer-ligasida 3-o‘rinda borayotgan «Rostov» klubiga qarshi maydonga tushdi.

 O‘rtoqlik uchrashuvida bosh murabbiy Shota Arveladze singari Valeriy Karpin ham bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi.

 O‘yindagi hisobni vakillarimiz ochishdi. 52-daqiqada Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin himoyachi Farrux Sayfiyev boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi – 1:0.

 Rossiya klubi 85-daqiqaga kelib muvozanatni tikladi. Belgilangan penaltini Roman Yeremenko aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.

 Durang natija bilan yakunlangan uchrashuvda «Rostov» klubi safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushmadi. Shuningdek, «Paxtakor» safida ham yangi futbolchi Derdiyo‘q ham zaxirada qoldirildi.

 O‘rtoqlik uchrashuvi. Abu-Dabi (BAA)
20 yanvar (dushanba)

«Rostov» - «Paxtakor» 1:1

Gollar: Roman Yeremenko (85, penaltidan) – Farrux Sayfiyev (52)

«Rostov»: Sedov, Vedernikov, Xadzikanudits, Popov, Ionov, Proshlyakov, Saletros, Bayramyan, Saplinov, Kojyemyakin, Kozlov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Chistyakov, Osipenko, Chernov, Malyarov, Cherkes, Mamayev, Yeremenko, Zaynutdinov, Osinov, Dolgov.

«Paxtakor»: Suyunov, Salimov, A'zamov, Krimets, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Masharipov, Sergeyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Quvvatov, Eshmurodov, Ismoilov, Yo‘ldoshev, Kozak, Iminov, Mahmudhojiyev, Sobirjonov, Abdurahimov, Hoshimov, Roziyev.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top