20:09 / 21.01.2020
1
9483
KXDR AQSh bilan kelishuvga amal qilmasligini bildirdi

Pxenyan Vashington bilan mavjud kelishuvga amal qilmaydi, chunki AQSh respublikaga nisbatan dushmanlarcha siyosatini davom ettirmoqda. Bu haqda KXDRning BMTdagi bo‘linma huzuridagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Chju Yon Chxolga tayanib Reuters xabar qildi.  

"Biz boshqa tomon bajarishdan bosh tortayotgan kelishuvga amal qilish uchun sabab ko‘rmayapmiz. Agar AQSh KXDRga nisbatan dushmanlarcha siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa, Koreya yarim orolida hech qachon denuklearizatsiya amalga oshmaydi", dedi u.

Chju Yon Chxolning so‘zlariga ko‘ra, "Agarda Vashington bir tomonlama tartibda o‘z talablarini qo‘yishga va sanksiyalar kiritishga urinsa, KXDR boshqacha yo‘l tutishiga to‘g‘ri keladi".

2019 yil iyunda KXDR rahbari Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp Pxanmunjomdagi uchrashuvda denuklearizatsiya bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olgandi. Kelishuvga muvofiq, 5 oktyabrda AQSh va KXDR vakillari Stokholmda ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi, ammo Vashington va Pxenyan o‘rtasida muloqot o‘rnatish harakati samarasiz yakunlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top