08:18 / 23.01.2020
0
6609
2019 yilda O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni kamaytirdi
Foto: RIA Novosti

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2018 yilning shu davriga nisbatan kamaydi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 1 147,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 1 025,1 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 1 080,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 1 030,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-dekabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi - 698,6 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top