20:22 / 25.01.2020
8162
Turonbank rahbariyati yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi 
Foto: Turonbank

Umumiy xodimlarining 30 foizini yoshlar tashkil etuvchi Turonbankda bank Boshqaruv Raisi boshchiligida yosh bankirlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Qariyb ikki soat davomida ishtirokchilar davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda iste'dodli o‘g‘il - qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, xususan, bank-moliya sohasiga yetuk kadrlarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlarni muhokama etishdi, faoliyatda mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha yoshlarning takliflari ma'qullandi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati hamda besh tashabbus doirasida bankda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.  

Shuni ta'kidlash joizki, Turonbank rahbariyati boshqa moliya muassasalaridan farqli ravishda intellektga sarmoya kiritishni eng oliy vazifa sifatida belgilagan. Har yili bilimli yoshlarning nufuzli oliygohlarga qabul qilinishi va xorijiy safarlarda o‘z tajribalarini orttirishlarini bunga misol tariqasida qayd etishimiz mumkin. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 400 nafarga yaqin yosh xodimlar O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bank – moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o‘quv markazlarida malakalarini oshirishgan. 

Bu boradagi yana bir eng ahamiyatli jihat – iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 2-,3-,4-bosqich talabalari ham bank faoliyatiga jalb etilayotganligidir. Agarda 2018 yilda 40 nafar iste'dodli talabalar ishga olingan bo‘lsa, 2019 yilda yana 70 nafar qabul qilindi. Eng muhimi, talabalar o‘z ta'lim jarayonlarini to‘xtatmagan holda, parallel ravishda amaliy tajribalarini ham oshirib borishadi. Bu orqali esa ular ertangi kunlari uchun mustahkam zamin yaratishadi.  

Bir so‘z bilan aytganda, Turonbank yoshlari bilan o‘tgan bu safargi uchrashuv ham har tomonlama foydali va bank rivojlanishining kelgusi maqsadlarini belgilab berishda muhim o‘rin egallaydi. 

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Bank axborot xizmati.

Reklama huquqi asosida

Top