13:47 / 28.01.2020
0
4058
Siemens sobiq rahbari qamoqda 15 yil o‘rniga ikki oy o‘tirdi
Foto: REUTERS

2019 yil dekabrda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Siemens kompaniyasi sobiq rahbari Hellas Prodromos Mavridis ikki oy mahkumlikdan so‘ng ozodlikka chiqdi. Bu haqda AMNA agentligi xabar berdi.

Prodromos 24 yanvarda sog‘ligi yomonlashgani bois ozod qilishlarini so‘rab apellyatsiya bergandi.

Sud uning so‘rovini qondirdi, unga mamlakatni tark etish taqiqlandi, bir oyda bir marta yashayotgan hududidagi politsiya bo‘linmasiga uchrab turadi.

2019 yil oxirida Gretsiya sudi 1997 yildagi korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan 54 nafar kishining 22 nafarini aybdor deb topgandi. Sudlanuvchilarning 27 nafari muddat o‘tgani bois oqlangan, besh nafari aybsiz deb topilgandi.

Qamoq jazosiga Siemens kompaniyasining 12 vakili, Gretsiyaning OTE telekommunikatsiya kompaniyasining olti vakili hamda to‘rt nafar bankir va tadbirkorlar hukm qilingan. Jinoyat ishining ayrim ishtirokchilari Germaniyaga qochib ketgan, Berlin ularni topshirishni rad etmoqda.

"Bosh" Siemens kompaniyasi rahbari Xaynrix fon Pirer 2005 yilda iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan, u sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Nemis konserni siyosatchilarni sotib olishda va Gretsiyaga 2 milliard yevro zarar yetkazishda ayblangan. Siemens 1997 yilda raqamli qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritish uchun o‘nlab million yevro pora bergan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top