10:21 / 29.01.2020
0
15250
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga borishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Berlindagi xalqaro konferensiya doirasida Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

Suhbat davomida 2019 yil 29 noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlariga yuqori baho berib, tomonlar sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishgan.

«O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rejalashtirilayotgan tashrifi bu jarayonning muhim bosqichi bo‘ladi», – deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Vazirlar 3 fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining «C5 + 1» shaklidagi uchrashuvini o‘tkazish masalalarini hamda ikki tomonlama va xalqaro munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlarini ham muhokama qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top