18:27 / 31.01.2020
0
7305
Qozog‘istonda koronavirus to‘g‘risida mish-mish tarqatgan uch nafar tibbiyot xodimi ushlandi

31 yanvar kungi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda yuqori harorat va O‘RVI simptomlari bilan 66 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 25 nafariga javob berilgan, ularda koronavirus topilmagan. 

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirilishi holatlari to‘g‘risida mish-mish tarqatgan ikki nafar tez yordam mashinasi haydovchisi va ginekolog shifokor ushlandi, deb xabar berdi mamlakat politsiya xizmati.

Haydovchilar Olmaota viloyatining Qapshag‘ay shahrida qo‘lga olingan. Politsiya departamenti matbuot xizmatining bildirishicha, ular messenjerda shahar kasalxonasiga koronavirusga chalinganlikda gumonlangan ikki kishini olib borishganini xabar qilishgan. Bu ma'lumot tasdiqlanmagan. Haydovchilar nima uchun bu xabarni tarqatganliklari surishtiruv davomida aniqlanadi.

30 yanvar kuni Olmaota viloyatida 70 kishi koronavirusni yuqtirgani to‘g‘risida videoxabar tarqatgan ginekolog shifokor qo‘lga olindi. 

31 yanvar kungi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda yuqori harorat va O‘RVI simptomlari bilan 66 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 25 nafariga javob berilgan, ularda koronavirus topilmagan.  

Qozog‘iston 29 yanvardan Xitoy bilan transport qatnovini cheklashni boshladi. Shu kundan barcha avtobus qatnovlari, 1 fevraldan – temir yo‘l, 3 fevraldan – aviaqatnovlar bekor qilindi. Shuningdek, Xitoy fuqarolariga viza berish to‘xtatildi. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top