19:49 / 01.02.2020
0
3411
288ta normativ hujjatning 80 foizida raqobatga zid me'yorlar aniqlandi – Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi

Davlatning tabiiy monopol kompaniyalarining o‘zlariga xos huquqlari tahlil qilinadi. Ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Kelgusida hududiy raqobatni rivojlantirishga hamda davlat aralashuvlarini kamaytirishga katta e'tibor qaratiladi.

 

2019 yilda muhokama kiritilgan 288ta normativ-huquqiy hujjatlarning 80 foizida raqobatga zid me'yorlar bo‘lgan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida shu haqda ma'lum qildi. 

- O‘zbekistonda tabiiy monopol kompaniyalar hisobiga, o‘sha sohalarda faoliyat yuritishni istagan xususiy sektor bardosh bera olmayapti. Sizlarda xususiy sektorni ham, raqobatni ham rivojlantirish borasida qanday tizim mavjud?

Titr: Farrux Qoraboyev - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

«Bugungi kundagi mavjud monopoliyalarning 80 foizi davlat ishtirokidagi kompaniyalardir. Monopollashgan sohalarga xususiy sektorni kirib kelishi orqali sog‘lom raqobatni ta'minlash nafaqat bizning, balki barcha regulyatorlar, Moliya vazirligi, tarmoq regulyatorlarining asosiy vazifamiz hisoblanadi. Uzauto Motors, “O‘zbekiston Temir yo‘llari, “O‘ztelekom”, “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyalari yirik tabiiy monopol kompaniyalaridir. 

Birinchi navbatda, davlat tabiiy monopoliyalarida saqlanib qolayotgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha juda katta tahlilni boshladik. Imtiyoz va preferensiyalarni ham bosqichma-bosqich bekor qilish hamda ularning berilishida raqobat muhitiga ta'siri bo‘lgan masalalarni baholash tizimi orqali berishni joriy qilmoqchimiz. 

Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish bo‘yicha loyiha idorasini tashkil etdik. Unga bir qancha xorijiy konsalting kompaniyalar va xalqaro moliyaviy institutlar ham jalb etildi. 

Birinchi navbatda raqobatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Aynan hududiy raqobatni rivojlantirishga urg‘u beriladi. Chunki, hududlarda juda katta davlat aralashuvlari mavjud. 

O‘tgan yili davlat organlari qarorlari va normativ hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash tizimini joriy qildik. Birgina misol, 288ta normativ hujjatlar loyihalari muhokama uchun kiritilgan bo‘lsa, shularning 80 foizida raqobatga zid normalar borligi aniqlandi», - dedi Farrux Qoraboyev. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top