Qonunlarga o‘zgartishlar

— Senat “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qildi, u uzoq vaqt davomida voqelikni aks ettirmagan va faqat moliya va tovar bozorlarini tartibga solib kelgan. Qonun qabul qilingandan keyin nima o‘zgaradi? Nega bu qonunni shuncha vaqt kutishimiz kerak bo‘ldi?

— Raqamli bozorni tartibga solishdagi muammolar nafaqat O‘zbekistonning bosh og‘rig‘i. Nisbatan yaqin vaqtgacha dunyoda raqamli platformalarni tartibga solish yo‘q edi. Barcha hukumatlar uchun bu muammo. Hozir hech bir davlatda ushbu bozorni qanday tartibga solish va nima qilish kerakligi haqida umumiy yondashuv yo‘q.

Masalan, 2020 yilda AQSh senatorlari qo‘mitasining raqamli bozorlarni, raqamli platformani qanday tartibga solish bo‘yicha 420 sahifadan iborat ulkan hisoboti e’lon qilindi. Yevropada yaqin vaqtgacha turli xil amaliyotlar mavjud edi, ular Digital Markets Act, raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun deb nomlangan qonunni qabul qildilar. Endi u hamma uchun yo‘nalish berishi mumkin bo‘lgan benchmark, namuna bo‘ladi.

Raqamli bozor shunchaki bozor emas, bu ko‘p yo‘nalishli bozor ekanini tushunishimiz kerak. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ularda bir nechta o‘zaro aloqalar yuz beradi.

— Bu nima degani?

— An’anaviy bozor bor, bu yerda “xaridor-sotuvchi” bor va hammasi shular bilan tugaydi. Ha, ba’zi vositachilar bor, lekin bular ham – an’anaviy munosabatlar. Facebook'ni olaylik. Raqamli platforma. Bir qarashda u o‘z xizmatlarini monetizatsiya qilmaydi, bepul taqdim etadi. Ya’ni platforma yaratadi, biz xaridor sifatida ushbu platformadan bepul foydalanish imkoniyatiga egamiz. Ammo platformada bir necha o‘nlab munosabatlar boshlanadi: biz reklama beruvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lganimizda Facebook o‘z xizmatlarini monetizatsiya qiladi, reklama joylashtirganlar bilan alohida munosabatlar. Boshqa kompaniyalar reklamasini joylashtiradigan alohida kompaniyalar mavjud. O‘zaro aloqada bo‘lgan raqamli mahsulot ishlab chiquvchilari bor, servislar bor, ularning o‘z marketpleyslari va boshqalar bor…

— Donatorlar…

— Ha, donatorlar – ma’lumotlar, marketing xizmatlari va boshqalarni to‘playdiganlar. Va alohida, foydalanuvchilarning o‘zlari o‘zaro aloqada bo‘lishadi, “sotuvchi-oluvchi” rolida. Ya’ni, o‘zaro munosabatlar va bozorlar juda ko‘p. Mahsulot chegarasini belgilashda juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan kenglik bu. Tushunish uchun – iqtisodiy nazariyada mahsulot chegaralari har bir mahsulot yoki xizmat uchun ustun mavqeni aniqlash uchun kerak.