17:13 / 02.02.2020
0
23751

Fotograf sahrodagi quyosh tutilishidan ajoyib suratlar oldi

Barcha ta'sirli fotosuratlarning bir umumiy jihati bor — fotograf kerakli vaqtda, kerakli joyda bo‘la olgan. Albatta, ba'zida bu tasodifan sodir bo‘ladi.

Ammo fotograf Joshua Kripps tajribasidan kelib chiqib qarasak, ko‘pincha bunday ajoyib suratlar bir necha oylik tayyorgarlik natijasidir. U 2019 yil dekabr oyida Yaqin Sharqda aylanuvchi quyosh tutilishi bo‘lishini bilgach, darhol orzusidagi suratlarga erishish uchun safarga otlangan.

O‘zining puxta o‘ylangan rejasi tufayli Kripps quyosh diskining ideal konturida tuya yetaklayotgan odamning chinakam unutilmas lavhasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fotografning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu tasvirga olish ishini diqqat va ehtiyotkorlik bilan o‘ylab, chavandozning tuyada turish joyini GPS koordinatalaridan tortib, fotosessiyasi qahramoni ortida tutilish paydo bo‘lgan daqiqalarga qadar aniqlashtirilgan ssenariy tuzgan.

Ushbu fotosurat muallifida obekt atrofidagi qumliklar balandligi haqidagi alohida talablar ham mavjud bo‘lgan. Ikki yarim soat davom etgan tutilish paytida Kripp deyarli yuz ellikdan ortiq kadrlar olishga muvaffaq bo‘ldi va ular orasidagi chindan ham mukammal tasvirlarni taqdim etdi.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top