Shimoliy Amerikada quyoshning to‘liq tutilishi kuzatildi
Quyosh tutilishi davrida Oy uning yuzasini to‘liq qoplaydi va osmon 4-5 daqiqa davomida qorong‘i bo‘ladi.

Foto: Reuters
Shimoliy Amerikada quyoshning to‘liq tutilishi kuzatildi. NASA, BBC va boshqa ko‘plab agentlik va nashrlar noyob astronomik hodisaning jonli translatsiyasini olib bordi. Minglab sayyohlar va mahalliy aholi maxsus ko‘zoynaklar yordamida uni kuzatib bordi.
Quyosh tutilishi birinchi bo‘lib Meksikaning Masatlan kurortida Toshkent vaqti bilan taxminan soat 21:00 da boshlandi. Keyin tutilish Qo‘shma Shtatlar hududida, so‘ngra Kanada hududida kuzatildi.
Quyosh tutilishi davrida Oy uning yuzasini to‘liq qoplaydi va osmon 4 daqiqa davomida qorong‘i bo‘ladi. Quyoshning to‘liq tutilishi muntazam ravishda sodir bo‘ladi, lekin tez-tez emas: keyingisi faqat 2026 yilda va asosan Atlantika okeanida kuzatiladi.

Qayd qilinishicha, Quyosh tutilishi turizm uchun ajoyib voqea bo‘ldi. Tutilish kuzatiladigan hududlardagi mehmonxonalar va motellar 90 foizga band qilindi.

Quyoshning navbatdagi halqasimon tutilishi bu yil 2 oktyabr kuni Janubiy Amerikada sodir bo‘ladi. Janubiy Amerikadan tashqari uni qisman Shimoliy Amerikada va ikkala okeanda ham, ushbu qit’alarning ikkala tomonida, Tinch okeani va Atlantikada kuzatish mumkin.

Quyosh tutilishini faqat maxsus, juda quyuq qoraytirilgan ko‘zoynaklar yoki mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan boshqa maxsus qurilmalar orqali ko‘rish mumkin, aks holda ko‘rish qobiliyati jiddiy shikastlanadi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
-
The Atlantic muharriri qanday qilib Tramp jamoasining yopiq chatiga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi

16:51 / 16.11.2024
Bundan 50 yil oldin o‘zga sayyoraliklarga birinchi xabar yuborilgandi. Unda nimalar yozilgan?

20:25 / 14.11.2024
Kichik asteroid Yer bilan to‘qnashishdan atigi ikki soat oldin aniqlandi

11:12 / 27.08.2024