Quyida ushbu noyob tabiat hodisasi vaqtida axborot agentliklari tomonidan olingan eng yorqin fotosuratlar keltiriladi.

Quyosh tutilishi vaqtida Indiana shtati Blumington shahridagi stadionda amerikalik fotosuratchi Bobbi Goddin obektivda samolyotni muhrlashga muvaffaq bo‘ldi
Foto: USA TODAY NETWORK VIA REUTERS
Quyosh tutilishini birinchi bo‘lib Meksikaning Tinch okeani sohilida joylashgan Masatlan shahri aholisi kuzatdi
FERNANDO LLANO/AP
Tutilish vaqtida Oy gardishi soyasi Quyosh yuzasini to‘liq qoplaydi, uning ortida faqat quyosh tojlari ko‘rinib turadi
JEFF OVERS/BBC
Quyosh tutilishini faqat maxsus, juda quyuq qoraytirilgan ko‘zoynaklar yoki mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan boshqa maxsus qurilmalar orqali ko‘rish mumkin, aks holda ko‘rish qobiliyati jiddiy shikastlanadi. Qolaversa, bu hodisani kuzatish uchun oddiy quyosh ko‘zoynaklari yetarli emas
REUTERS
Bu quyosh tutilishining turli fazalari aks etgan fotosuratlar kombinatsiyasidir. Tasvirlar Meksikaning Gvadalahara shahrida olingan
EPA
Tutilish vaqtida Quyoshni yanada aniqroq ko‘rish mumkin, chunki boshqa vaqtlarda kuzatuvlarga yulduzlar yorqinligi xalal beradi
REUTERS
Bu hodisa vaqtida kun kutilmaganda tunga aylandi, ammo bu faqat to‘rt daqiqadan ko‘proq davom etdi. Bu surat Amerikaning Oklahoma shahrida olingan. Foto: REUTERS