00:30 / 02.02.2020
0
24411
Koronavirus Hindistonga yetib bordi 
Foto: Reuters

Hindistonning Kerala shtati Trissur okrugida yangi koronavirusdan zararlanish bo‘yicha ilk holat qayd etildi.

Virus uning tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan uyiga qaytgan talaba qizda aniqlangan. Qiz Uxan universitetida ta'lim olgan. 

Ta'kidlanishicha, bemorning ahvoli barqaror, u alohidalangan holda kuchli kuzatuv ostida qolmoqda. Bu haqda India Today nashri xabar berdi. 

“Biz barcha, jumladan xususiy shifoxonalarga shunga o‘xshash alomatlarga ega bemorlar sog‘lig‘i ortidan kuzatish vazifasini topshirdik. Sog‘liqni saqlash departamenti bemorlarni alohidalab, ularni davolashni boshlashga tayyor”, deb aytgan Kerala shtati sog‘liqni saqlash vaziri K.K.Shaylay.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Hindiston hukumatidagi yuqori lavozimli amaldorlardan biri virus yuqtirish xavfi borligi sababli qizning Uxandan evakuatsiya qilinishini yaxshi variant bo‘lmaganini aytgan.   

O‘tgan haftada Hindiston Uxanga fuqarolarini qaytarish uchun samolyotni hozirlab qo‘ygan, biroq odamlarning evakuatsiya qilinishi jarayonini tartibga solishga harakat qilgan Xitoy hukumati roziligini kutgan.

“Virusi bo‘lmagan fuqarolargina evakuatsiya qilinadi, ular Dehli tashqarisidagi karantin markaziga yetkaziladi”, deb aytgan amaldor.

AQSh va Yaponiyaga Xitoydan o‘z fuqarolarini olib chiqishga ruxsat berilgach, boshqa davlatlar ham Xitoydan buni qat'iyroq talab qila boshlagan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top