15:51 / 05.02.2020
0
6464
Hongkongda bortida 1,8 ming yo‘lovchi bo‘lgan kruiz layneri karantinga jo‘natildi

Hongkongda World Dream kruiz laynerining yo‘lovchi va ekipaj a'zolarini koronavirusdan zararlanish bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilindi. 

Foto: Behrouz MEHRI / AFP

Tekshiruvlar yakunlanguniga qadar Genting Cruise Lines kompaniyasining bortida 1,8 mingdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan kemasi Hongkong portida karantinda turadi – uning yo‘lovchi va ekipaj a'zolariga quruqlikka tushishga ruxsat berilmaydi. Layner yo‘lovchilarining 90 foizga yaqini Hongkong fuqarolari hisoblanadi.

Qayd etilishicha, ekipaj a'zolarida harorat ko‘tarilishi, yo‘tal va tomoqda og‘riq sezish kuzatilgan.

Avvalroq World Dream layneriga Tayvan janubi-g‘arbidagi Gaosyun shahri portiga kirishga ruxsat berilmagandi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 24 mingdan oshgan, 490 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top