14:17 / 05.02.2020
0
1739
LG koronavirus sababli Mobile World Congress ko‘rgazmasida qatnashmaydigan bo‘ldi
Foto: AP Photo / Emilio Morenatti

Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi koronavirus xavfi sababli Mobile World Congress (MWC) xalqaro mobil sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

"O‘z xodimlari, hamkorlari va mijozlari xavfsizligi masalasini ko‘rib chiqib, LG ushbu oy oxirida Barselonada o‘tkaziladigan MWC 2020 ko‘rgazmasida qatnashishdan voz kechdi", - deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya buning o‘rniga yaqin kelajakda o‘zining yangi mahsulotlari taqdim etiladigan alohida tadbir o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Mobile World Congress xalqaro ko‘rgazmasi Barselonada 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ko‘rgazma bu yil 24-27 fevral kunlari o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaga 109 mingga yaqin kishi kelishi kutilmoqda, bir necha ming kompaniya, jumladan Ericsson, Facebook, Google, Huawei, Nokia, Qualcomm Technologies, Samsung, Sony, Microsoft va ZTE o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top