LG Electronics birinchi televizor ishlab chiqaruvchilardan biridir. LG Electronics birinchi marta 1966 yilda Koreya bozoriga o‘z ishlanmasini taqdim etdi — 19 dyuymli oq-qora ekranli televizorni(BD-191). Kompaniya o‘z texnologiyalarini takomillashtirish ustida ishlashda to‘xtamay, har safar o‘z mijozlariga qulaylik va zavq bag‘ishlaydi. 2019 yilda LG televizorlari dunyoda birinchi bo‘lib Iste’molchilar texnologiyalari assotsiatsiyasi (CTA) tomonidan belgilangan standartlardan oshib ketdi va NanoCell televizorlarini joriy etish bilan yangi avlod mahsulotiga asos soldi.
NanoCell - bu LG kompaniyasining maxsus ishlab chiqilgan LED displey texnologiyasi. Taxminan bir nanometr o‘lchamdagi zarrachalar ekranning tepasida to‘planadi va xira ranglarni filtrlashga yordam beradi. Bunday filtrlash shovqin va buzilishlarsiz toza va yorqin tasvirni hosil qilish imkonini beradi. O‘zbekiston bozorida 8K va 4K ruxsatli NanoCell televizorlari mavjud.
4K¹ NanoCell seriyali televizorlari 8 million pikseldan iborat bo‘lib, boshqa televizorlarga qaraganda aniqroq va batafsil tasvirlarni² taqdim etadi. LG NanoCell 4K televizorlari a7 Gen3 protsessorini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, u tasvir va ovoz sifatini yanada yaxshilash uchun ilg‘or chuqur o‘rganish algoritmlarini qo‘llash orqali unumdorlikni oshiradi. Tasvir va tovush manbalarini yaxshilash orqali mashinani o‘rganishga asoslangan uchinchi avlod a7 protsessori ta’sirchan vizual va ovozni taqdim etadi. Protsessor video shovqinini bartaraf qiladi va yanada jonli ranglar va kontrast hosil qiladi. FXD piksellar soniga ega tasvirlar kengaytiriladi va 4K'ga yaqin sifatda ijro etiladi.

8K modeli 65NANO966PA LG NanoCell TV taxminan 33 million pikselni o‘z ichiga oladi va ko‘rilganda u maksimal realizm va tasvir tafsilotlarini beradi. Ushbu model, shuningdek, har bir televizor ko‘rish tajribasini yoqimli qilish uchun tasvir va ovoz sifatini avtomatik ravishda sozlaydigan yangi avlod a9 Gen3 8K smart protsessor bilan jihozlangan.
NanoCell innovatsion xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda estetik dizayni bilan ham e’tiborni tortadi. Televizor egasining iltimosiga binoan rasm sifatida devorga o‘rnatilishi mumkin³, bu bo‘sh joyni nafislik va qulaylik bilan to‘ldiradi. Kun davomida foydalanuvchi kam quvvat rejimida o‘zining sevimli rasmini aks ettirishi, kechqurun esa sevimli filmlari yoki o‘yinlarini tomosha qilishdan zavqlanishi mumkin.

















