11:16 / 07.02.2020
3
24810

O‘zbekiston yashash uchun eng arzon top-5 mamlakat qatoriga kirdi

Foto: Flickr / Ramón

CeoWorld Magazine nashri ma'lumotlariga ko‘ra, yashash uchun eng arzon top-5 mamlakat qatoriga O‘zbekiston, Suriya, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston kirdi.

Shveytsariya dunyoda yashash uchun eng qimmat davlatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Norvegiya ikkinchi, Islandiya uchinchi pog‘onada. Shuningdek, top o‘nlikdan Yaponiya, Daniya, Bagam orollari, Lyuksemburg, Isroil, Singapur va Janubiy Koreya joy oldi.

Fransiya 14-o‘rinda qayd etildi, AQSh - 20, Buyuk Britaniya - 27, Germaniya 29-pog‘onani egalladi.

132 mamlakatdan iborat ro‘yxat oxirida O‘zbekiston, Suriya, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston qayd etildi.

Reyting beshta ko‘rsatkichni hisobga oladi: uy sotib olish narxi, uyni ijaraga olish qiymati, oziq-ovqat narxi, restorandagi o‘rtacha to‘lov va aholining xarid qobiliyati. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top