14:00 / 09.02.2020
0
8105
Tehron AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi barcha kuchlari Eron nazorati ostida ekanligini bildirdi

Ta'kidlanishicha, Eron AQShning Iroqdagi bazasiga "to‘liq ma'lumot va aniq hisob-kitoblar" asosida zarba bergan.

Foto: U.S. Navy photo

Amerikaning Fors ko‘rfazi hududida joylashtirilgan barcha qo‘shinlari Eronning muntazam nazorati ostida. Bu haqda qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengash kotibi Muhsin Rizoiy aytdi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.

"AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi barcha bazalari, jumladan, AQSh aviatashuvchilari bizning kuzatuvimizda va biz bu yerda AQShning nechta kemasi borligini hamda qayerda joylashganini bilamiz", - dedi u.

Rizoiy Eron hududdagi AQSh harbiy xizmatchilari to‘g‘risida "juda aniq" ma'lumotga ega ekanligini ta'kidladi. 

"Hattoki Amerika askarlari Quvayt yoki Bahrayndagi mehmonxonalarga borganida ham ularni kuzatib turamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Rizoiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQShning Iroqdagi bazasiga "to‘liq ma'lumot va aniq hisob-kitoblar" asosida zarba bergan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top