17:40 / 10.02.2020
1
6725
«Juma elevatori» AJda bir kunda 90 tonna vitaminga boyitilgan un ishlab chiqarilmoqda

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanidagi «Juma elevatori» AJ qisqa vaqt ichida eng zamonaviy korxonalardan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur jamiyat sexlarida ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlari yuqori sifati bilan ajralib turadi.

«Juma elevatori» AJ 1977 yilda tashkil topgan bo‘lib, jami g‘alla saqlash sig‘imi 113 ming tonnani tashkil etadi. Asosiy faoliyati fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida g‘alla qabul qilib, quritib, tozalab davlat zaxirasi uchun saqlash, omuxta yem, qolipli non va un mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat.

Bu darajaga erishish uchun korxonada bir necha bosqichli ishlar amalga oshirildi. Ulardan eng muhimi Turkiyaning  «Erkan Makina» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy tegirmon uskuna va jihozlari o‘rnatilishi bo‘ldi.

782 ming AQSh dollariga olib kelingan yangi tegirmon ish hajmini ikki baravarga oshirgani holda energiya sarfini aksincha, 1,4 barobarga kamaytirdi.

Yangi uskunalar yordamida bir kunda 120 ming tonna g‘allani qayta ishlash imkoni bor. Shuningdek, endilikda bir kunda 90 tonna vitaminlarga boy un ishlab chiqarilmoqda.

Tuman aholisining un mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondirilib kelinmoqda. Un ishlab chiqarish quvvati 9 ming tonnadan 27 ming tonnaga oshgan. Omuxta yem ishlab chiqarish quvvati 6 ming tonnadan 12 ming tonnaga oshgan. Issiq non ishlab chiqarish 800 tonnani tashkil qildi.

Yuqoridagi yangilanishlarlan so‘ng korxonada qo‘shimcha 20 ta ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ularning mehnat xavfsizligi, kasbiy malakani oshirish, madaniy hordiq chiqarish sharoitlari yaratilgan. Ishchi va xodimlar uchun qulay oshxona faoliyat ko‘rsatyapti.

Yangi texnologiya o‘rnatilishi bilan barcha jarayon avtomatlashtirilgan tizim asosida ishni yuritmoqda.

- Mahsulot sifati oshishi bilan talab ham oshaverishi tabiiy hol, – deydi «Juma elevatori» AJ rahbari Shokir Po‘latov. ­ – 2021 yildan sexlarimizda ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini eksport qilish rejasi ustida ishlayapmiz. Aholi istagidan kelib chiqib zamonaviy novvoyxonalarda qolipli non ishlab chiqarish ham yo‘lga quyilgan. Jamiyatimizga tegishli non sexida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvni yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, aksionerlik jamiyatimizning iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish uchun, talabga qarab jamiyat hududida yangi kunlik ekstruderlangan va granulalangan omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyalarini olib kelib ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu esa 2020 yilgi «Manzilli dastur»da nazarda tutilgan vazifalarni hukumat hujjatlariga muvofiq amalga oshirilish rejamizga mos keladi. Belgilangan investitsion loyiha takliflari hamda korxona va ishlab chiqarish ehtiyojidan kelib chiqib bu kabi loyihalar kengayib boraveradi.

Manzil: Samarqand viloyati, Juma shahri, Past Darg‘om tumani, Fitrat ko‘chasi, 2-uy

Telefon:
+99891 3512403
+99890 1970150

Sayt: www.jumaelevatori.uz

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top