14:10 / 10.02.2020
0
9232
O‘zbekiston fuqarosi tibbiy niqoblarning katta partiyasini Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqib ketishga urindi
Foto: TASS

Qirg‘izistondagi «Madaniyat-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktidagi chegarachilar tibbiy maqsaddagi buyumlarni noqonuniy olib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

«Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qarab yo‘l olgan, 2000 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.A.ning qo‘l yukini ko‘zdan kechishi vaqtida chegarachilar 300dan ortiq tibbiy niqobni topdi. Buyumlarning tegishli hujjatlari bo‘lmagan.

Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining 03.02.2020 yildagi 57-sonli qaroriga binoan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni Qirg‘iziston hududidan olib chiqishga olti oy muddatga vaqtincha taqiq qo‘yildi.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi», - deyiladi DChX ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top