09:07 / 10.02.2020
2
28775
YPX inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 6 fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, uning davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. o‘zining boshqaruvidagi xizmat avtomashinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligini jarimasini to‘lash uchun fuqaro U.A.dan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” rusumli transport vositasini chiqarib berish maqsadida tamagirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top