21:44 / 17.02.2020
0
4923
Ikkinchi bo‘limda uyg‘ongan «sher» o‘ljasini yamlamay yutdi (fotogalereya)
Foto: Ma'ruf Asqarov / Tribuna.uz

Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida Eronning «Shahri Xudro‘» jamoasini qabul qildi. Birinchi bo‘limda qiyinchilikka uchragan «sherlar» ikkinchi bo‘limda o‘zlariga kelishdi hamda Igor Sergeyev (2ta) va Sherzod A'zamovning gollari evaziga yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi (3:0). Mezbonlar yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov 3ta golda ham ishtirok etib, 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 

Shota Arveladze shogirdlari 2-turdan so‘ng ochkolarini 6taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra guruh yetakchisiga aylanib olishdi.

Quyida Masharipov va Sergeyevning benefisiga aylangan o‘yindan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

 

 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top