21:19 / 17.02.2020
0
17333
Irlandiya sohiliga «sharpa-kema» suzib keldi

«Sharpa-kema»ni oxirgi marta yarim yil avval Afrika yaqinida ko‘rishgan. 2018 yil sentyabrda kema Bermud orollari janubi-sharqidan o‘tgani xabar qilingan.

Foto : THE IRISH TIMES

Irlandiyaning Kork grafligi sohiliga Tanzaniya bayrog‘i ostida bo‘lgan, uzunligi 77 metrli MV Alta yuk kemasi suzib keldi, deb xabar berdi Irishexaminer portali. Kema bortida ekipaj a'zolari bo‘lmagan.

«Bu juda g‘ayrioddiy», - dedi sohil qo‘riqlash xizmati vakili.

Portalning yozishicha, «sharpa-kema»ni oxirgi marta yarim yil avval Afrika yaqinida ko‘rishgan. 2018 yil sentyabrda kema Bermud orollari janubi-sharqidan o‘tgani xabar qilingan.

Qutqaruv shlyupkalaridan foydalanish bo‘yicha menejyer Jon Tattan «sharpa-kema»ning buncha uzoq masofani bosib o‘tishi kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligini aytdi.

Irishexaminer portalining ma'lumot berishicha, kema kapitanini topishga bo‘lgan urinishlar besamar ketgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top