17:14 / 18.02.2020
0
7361
2019 yil O‘zbekiston ish joylarida ro‘y bergan baxsiz hodisalar soni ma'lum qilindi. Ularda 200ga yaqin kishi vafot etgan

2019 yil davomida O‘zbekiston ish joylarida 574ta baxsiz hodisa sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 649 kishi turli darajada jabrlangan. 

Foto: Shutterstock

2019 yili O‘zbekistonning turli hududlarida ish vaqtida sodir bo‘lgan turli xil baxsiz hodisalar oqibatida 199 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Jami 574ta baxsiz hodisada 440 kishi og‘ir va 10 nafari yengil tan jarohati olgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinsa, 2019 yili bunday fojialarda halok bo‘lganlar soni 2018 yilga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 4 nafarga, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 5, Navoiy viloyatida 6 hamda Toshkent shahrida 15 nafarga ortgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov «Xavfsiz mehnat – har bir insonning huquqi» ko‘rgazma-seminarida ma'lum qildi.

Nozim Husanov

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, umuman, Xalqaro Mehnat tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, har yili ish vaqtida ro‘y beradigan baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan 2,3 mln kishi halok bo‘lmoqda, bu kuniga o‘rtacha 6000 kishiga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Butun dunyo bo‘yicha yiliga taxminan 340 mln marta ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxsiz hodisa hamda 160 mln kasb kasalliklari qayd etilmoqda.

Ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlar global miqyosda jahon YaIMning 4-6 foizini tashkil etyapti. Bu iqtisodiy rivojlanish uchun ko‘rsatiladigan rasmiy yordamdan 20 baravar ko‘p deganidir.

Vazir o‘z ma'ruzasida statistik ma'lumotlarni ham keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2017-2019 yillar mobaynida O‘zbekiston ishlab chiqarish maydonlarida ro‘y bergan baxsiz hodisalarda jami 543 ishchi-xizmatchi halok bo‘lgan, 1214 kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Nozim Husanovning qayd etishicha, tahlillar ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxsiz hodisalar soni ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda. 2019 yilda 2017 yilga nisbatan sodir bo‘lgan baxsiz hodisalar soni o‘rta hisobda 21 foizga ortgan. Bundan tashqari, vazirlik rahbari ishlab chiqarish bilan bog‘liq fojialarning asosiy sabablarini ham ochiqladi.

·       xavfsiz mehnat usullariga o‘qitilib, yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilmagan shaxslarni ishga qo‘yilganligi, yo‘riqnomalarga rioya etmaslik, nazorat yo‘qligi, xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmaslik va sanitariya-maishiy sharoitlar yaratilmaganlik holatlari mavjudligi

·       qurilish sohasida ish hajmining oshishi bilan bir vaqtda texnologik jarayonning murakkablashishi, saqlovchi moslamalar va to‘siqlar mavjud emasligi, shuningdek xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi;

·       loyiha hujjatlariga va ishlab chiqarish texnologik talablariga amal qilmaslik, xodimlarning mehnati noto‘g‘ri tashkil qilinganligi;

929WRJrWQWHGDcaTJSsNiiPosqqCihxG.jpg (1498×843)

_A6jBvHd2aTgVELrlkaVBxtFAFrrxMoh.jpg (1498×843)

ZmEYkhB2mRL64EdSkghxBLS1pJEQkuRb.jpg (1498×843)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top