22:42 / 19.02.2020
1
16106

Koronavirus Erongacha yetib bordi. U bilan kasallangan 2 eronlik vafot etdi 

Eronda yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi. Unga chalingan 2 kishi vafot etdi.

Foto: RIA Novosti

Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpur ma'lum qildi. 

Avvalroq Eronda koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinayotganlar borligi ma'lum qilingan, biroq rasmiylar buni tasdiqlashmayotgandi. 
 
“Afsuski, ikki yoshi katta odam vafot etdi”, deb yozgan Jahonpur tvitterda. 

U, shuningdek, o‘z sahifasida Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari virusga chalinganlar Eron fuqarolari ekani, ular butun dunyo shialari ziyorat joyi hisoblangan Kum shahridan bo‘lganini ma'lum qilgan videoni joylashtirgan.  

Avvalroq Tehron koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatishga hamda Xitoydan kelayotganlarni karantinga joylashtirishga qaror qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top