19:18 / 22.02.2020
0
2254
Germaniya ichki ishlar vaziri qurolga egalik qilish uchun ruxsatnoma berish tartibini qat'iylashtirishni taklif qildi

Hozirda mamlakatda qurol egalariga nisbatan muntazam tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Sportcha miltiq otish, ov yoki kolleksiya qilish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har qanday fuqaro qurolga egalik qilish uchun ariza berishi mumkin. 

Foto: Writer Resources

Qurolga egalik qilish uchun ruxsatnoma berish tartibini qat'iylashtirish kerak, dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer Bild gazetasiga bergan intervyusida.

U Xanau shahrida sodir etilgan otishmaga ana shunday munosabat bildirdi.

Agarda tergov hujum qilgan shaxsning litsenziyasini avvalroq bekor qilish imkoniyati bo‘lganini aniqlasa, u holda mavjud tartibni o‘zgartirish kerak, dedi Zeyexofer. 

"U holda qurol egasining ruhan sog‘lomligini tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma yoki shifokor tasdig‘i talab qilinadi", - dedi u.

Hozirda mamlakatda qurol egalariga nisbatan muntazam tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Sportcha miltiq otish, ov yoki kolleksiya qilish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har qanday fuqaro qurolga egalik qilish uchun ariza berishi mumkin. 

Maxsus tashkilot arizani tekshirib, politsiya va kontrrazvedkadan ma'lumot so‘raydi. Agarda ariza beruvchi alkogol yoki giyohvandlik moddalariga ruju qo‘yganligi, ruhiyat bilan bog‘liq muammolari bo‘lsa, unga ruxsatnoma berilmaydi. Agarda biror shubha tug‘ilsa, ruhiy ekspertiza tayinlanadi – u faqat yoshi 25dan kichik shaxslarga nisbatan tayinlanadi.

Xanauda otishma sodir etgan shaxs 2013 yilda qurolga egalik qilish uchun ruxsatnoma olgan. 2019 yilda u qurolni to‘g‘ri saqlayotgani tekshirilgan. Unga nisbatan ruhiy ekspertiza o‘tkazilmagan, bu vaqtda uning yoshi 40dan o‘tgan bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top