22:08 / 23.02.2020
0
7713

Eron-Turkiya chegarasida yuz bergan zilzila 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eron-Turkiya chegarasida 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila 8 kishining, jumladan 3 bolaning umriga zomin bo‘ldi.

Foto : EPA

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma'lum qildi.

Zilzila Turkiyaning Van viloyatida yuz bergan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, zilzila oqibatida 21 kishi jarohat olgan, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir.

IRNA axborot agentligi Eronning G‘arbiy Ozarboyjon viloyati gubernatoriga tayanib ma'lum qilishicha, zilzila oqibatida chegarada bir necha kishi jarohat olgan.

Shuningdek, zilzila ta'siriga uchragan qishloqlarda bir nechta uyga zarar yetgan, ulardan ba'zilari butkul vayron bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top