23:56 / 23.02.2020
0
10849
Tramp Rossiya va Ukrainaning yarashishini istayotganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukrainaning yarashishini istayotganini ma'lum qildi.  

Foto: Getty Images

Trampga Hindistonga uchib ketishi oldidan Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazgan suhbatida Ukraina-Rossiya munosabatlari haqida savol berilgan.

“Men ular murosaga kelishini istayman. Agar ular chiqishib ketishsa, butun dunyo uchun ajoyib bo‘lardi”, deb aytgan Tramp. 

2019 yil sentyabri oxirida Tramp Ukraina va Rossiya oxirgi oylarda ikki tomonlama munosabatlarda katta taraqqiyotga erishganini aytgan. Sentabr boshida esa u Moskva va Kiyevni o‘zaro ushlab turilgan shaxslarni almashishgani bilan tabriklagan va bu tinchlikka birinchi ulkan qadam bo‘lishiga umid bildirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top