15:48 / 25.02.2020
0
3060
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari belgilandi 

Inspeksiya ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga hisobot beradi.

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.

Nizom bilan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibi, shuningdek, uning rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligi belgilandi. 

Nizomga muvofiq, Inspeksiya ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga hisobot beradi.

Inspeksiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan foydalanish, kanalizatsiya va okova suvlarni tozalash xizmatlari ko‘rsatish soxasida texnik jixatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan texnologik jarayonni takomillashtirishga va energiyani tejashga yo‘naltirilgan suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlari texnologik auditdan o‘tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanib olishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanishning texnik shartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarining holati va ulardan foydalanish shartlari, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimidagi shikastlanishlar va avariyalarning profilaktikasi hamda ularning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, ichimlik suvi yo‘qotilishining belgilangan me'yorlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

tashkiliy-huquqiy shakllaridan qati nazar yer osti ichimlik suvi quduqlarining holati va ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda hududiy inspeksiyalar orqali amalga oshiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top