Ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar ma’lum qilindi
Ichimlik suvi epidemik va radiatsiya jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararsiz va ijobiy organoleptik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Foto: Getty Images
Shuningdek, ichimlik suvi davlat standarti talablariga mos kelishi kerak. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Qayd qilinishicha, aholini markazlashgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv xlorlanadi. Bundan maqsad – uni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlardan tozalash. Yirik ichimlik suv inshootlarida suyuq xlor ishlatiladi. Suv xlorlangandan keyin 0,5-1 soat o‘tgach, xlorning qoldig‘i 0,3-0,5 mg/l bo‘lishi gigiyenik me’yorga to‘g‘ri keladi. Ichimlik suvi iste’molchiga yetib borgunga qadar tarkibida xlor qolmaydi. Ichimlik suvi me’yordan ortiq xlorlanmaydi.
Suvning ta’mi har yerda har xil bo‘lishi mumkin, bu suv manbasiga bog‘liq. Ba’zi ichimlik suvi quvurlari temirdan ishlangan. Jo‘mrak ochilganida sarg‘ish rangdagi suv kelishi mumkin. Bu quvurning zangi bo‘lib, suv oqishi natijasida yuvilib ketadi. Buning zarari yo‘q, deb ta’kidlamoqda Sanepidqo‘mita. Shuningdek, suv qaynatilishi natijasida choynakda hosil bo‘lgan oq sarg‘ish cho‘kma ham inson salomatligi uchun bezarar.
Suv bosimi yuqori bo‘lgani sababli, jo‘mrakni ochganimizda ko‘piradi, lekin hidi bo‘lmaydi.
Ichimlik suvini avval tindirib, keyin qaynatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ichimlik suvi inshootlaridagi filtr stansiyalari suvning filtrlanishini, maishiy filtrlar esa uy sharoitida suvni filtrlanishini ta’minlaydi. Maishiy filtrlar gigiyenik hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Jahon | 12:22
-
«Arsenal» «Real»ni haqli ravishda chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi qayerda?
Sport | 12:20
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

12:38 / 12.02.2025
“Umra va Haj ziyoratchilaridan meningitga emlanish sertifikati talab qilish bekor qilinmagan” – Sanepidqo‘mita

18:12 / 06.01.2025
“Metapnevmovirus umuman yangi emas, vahimaga o‘rin yo‘q” – mutaxassis tarmoqlardagi sarosima haqida

09:35 / 06.01.2025
Sanepidqo‘mita metapnevmovirus infeksiyasi to‘g‘risida ma’lumot berdi

17:30 / 26.11.2024