07:50 / 27.02.2020
0
4451
Janubiy Koreya va AQSh koronavirus sababli birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni qoldirishga qaror qildi 

Janubiy Koreya va AQSh koronavirus sababli birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini qoldiradi.

Foto: KIM HONG-JI/REUTERS

Bu haqda Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma'lum qildi.    

“Janubiy Koreya va AQSh alyansi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat darajasi “jiddiygacha” oshirilgani munosabati bilan keyingi ko‘rsatmalar berilgunga qadar joriy yilning birinchi yarmiga belgilangan mashg‘ulotlarni qoldirishga qaror qildi”, deyilgan xabarda. 

Janubiy Koreyada ayni vaqtda koronavirusdan 1595 kishi kasallangan, 12 kishi vafot etgan. Epidemiologik tahdid darajasi uchinchi “zarg‘aldoq” darajadan to‘rtinchi “qizil” darajagacha oshirilgan.

Avvalroq Janubiy Koreya Cobra Gold 2020 mashg‘ulotlariga 30 ga yaqin yuqori lavozimli amaldorini jo‘natishi ma'lum qilingan. Dastlab mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyaning 400ga yaqin harbiysi va bitta kemasi ishtirok etishi rejalashtirilgan, biroq mamlakat koronavirus sababli joriy yilda dala mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishi ma'lum qilingan.

Shuningdek, Janubiy Koreya virus sababli o‘z zaxira qo‘shinlarining martga belgilangan mashg‘ulotlarini aprelga ko‘chirdi. 

Har yilgi Cobra Gold harbiy mashg‘ulotlari AQSh va Tailand tomonidan 1982 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Aynan shu ikki davlat bu mashg‘ulotlarga eng ko‘p sonda kema, texnika va harbiylarni yuboradi. Mashg‘ulotlarning ilk yillarida ularda faqatgina AQSh va Tailand qo‘shinlari ishtirok etgan bo‘lsa, hozirda uning ishtirokchilari soni ancha oshgan. Janubiy Koreya ularda 2010 yildan boshlab ishtirok etib keladi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top