20:32 / 28.02.2020
0
8439
Eron parlamenti koronavirus epidemiyasi sababli o‘z ishini to‘xtatdi

Eron parlamenti koronavirus epidemiyasi sababli o‘z ishini to‘xtatdi. Ma'lum qilinishicha, 4 deputat koronavirusga chalingan. Shuningdek, 30 deputat koronavirusga test topshirgan. 

Foto: AP

Parlament ishi to‘xtagani haqida uning prezidiumi vakili Asadulla Abbosiy ma'lum qilgan

Ta'kidlanishicha, parlament yig‘ilishlari keyingi ko‘rsatmalar ma'lum qilinmaguncha o‘tkazilmaydi.  

Eronda bir necha yuqori lavozimli shaxslar koronavirusga chalindi. Jumladan, 27 fevralda Eronning ayollar va oila ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma'suma Abtaxor koronavirusga chalingani ma'lum qilindi. Bundan avvalroq Eron sog‘liqni saqlash va tibbiy ta'lim vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi, parlament deputati Mahmud Sodiqiy koronavirusga chalinganlarini ma'lum qilishgan. Shuningdek, Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Hodi Xusravshohiy koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda ayni vaqtda umumiy hisobda 245 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 26 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top