08:33 / 28.02.2020
0
2579
Moskvaning TsSKA klubi KXLning muntazam chempionati g‘olibi bo‘ldi
Foto: Anton Novoderejkin/TASS

Moskvaning TsSKA klubi Kontinental xokkey ligasining muntazam chempionati yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi. Klub chempionat g‘olibiga topshiriladigan Kontinent kubogini umumiy hisobda 5-marta va qatorasiga ikkinchi yil qo‘lga kiritmoqda.

Armiyachilar chempionatning so‘nggi o‘yinida o‘z maydonida “Sochi” klubini 6:0 hisobida mag‘lub etib, umumiy hisobda 94 ochko jamg‘arishdi.

Chempionatda g‘olib bo‘lishga so‘nggi turgacha Qozonning “Ak Barsi” ham da'vogarlik qilib kelgan, biroq Tatariston klubi o‘z maydonida Yekaterinburgning “Avtomobilist”iga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Ak Bars” 93 ochko jamg‘arib 2-o‘rinni egalladi.

TsSKA liganing g‘arbiy konferensiyasida, “Ak Bars” sharqiy konferensiyasida g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, g‘arbiy konferensiyada ishtirok etgan Sankt-Peterburgning SKA klubi ham 93 ochko to‘plab, yetakchi uchlikka kirdi. 

KXLning joriy mavsumi pley-off o‘yinlari bilan davom etadi. Uning natijalariga ko‘ra Gagarin kubogi sohibi aniqlanadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top