«Paxtakor» boş murabbiyi Maksim Şatskix jamoa a’zosi Abbos Fayzullayevning Rossiya Premer-ligasiga köçib ötayotganini tasdiqlab, uni jamoada olib qolişga uringanini aytib ötdi.
«Abbos Fayzullayev bilan sönggi kunlarda beş marta gaplaşdim, ammo buni foydasi bölmadi. Uning ketayotgani men uçun kutilmagan hol bölmadi. Sababi uni «Paxtakor»dan olib ketayotganlarni bilaman. Abbosga omad tilaymiz, asosiysi yangi klubida çetda qolmasa bölgani, har holda u yöl olayotgan çempionat darajasi boşqa saviyada va u yerda ösişga erişiş qiyin. U yerdagi öyinlar heç kimga qiziqmas, çempionatning saviyasi ham ösmaydi. Unga omad tilaymiz.
Transfer oynasi yopilgunga qadar Fayzullayev örniga öyinçi topişga ulgurmaymiz. Mahalliy öyinçi olsak böladi, ammo legioner taklif etiş uçun keç böldi. Nima ham derdim, bu Abbosning şaxsiy tanlovi. U aqlli va tezkor futbolçi, örnini topib ketişiga umid qilaman», - deydi Maksim Şatskix «Olimpik» - «Paxtakor» (0:2) öyinidan keyin.
Avvalroq, Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga Toşkent klubidan Moskvaning TsSKA jamoasiga ötayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, Rossiya Premer-ligasi jamoalari UYeFA tomonidan yevrokuboklardan çetlatilgan.












