Özbekiston milliy jamoasi hamda «Paxtakor» klubi yarimhimoyaçisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
19 yoşli yarimhimoyaçi transferi uçun TsSKA «Paxtakor»ga 500 ming yevro tölaşi xabar qilingandi. Fayzullayevning amaldagi kelişuvi 2025 yilga qadar belgilangan bölsa-da, futbolçi va uning agenti xohişiga köra, Moskva klubi şartnomadagi tovon puli sifatida körsatilgan yarim million yevroni tölaşga qaror qilgan va transferni amalga oşirgan. Abbosbek TsSKA bilan «3+1» körinişida şartnoma imzoladi.Transfermarkt portalida Fayzullayevning transfer bahosi 750 ming yevro qilib körsatilgan.
Avvalroq, «Paxtakor» klubi boş direktori Dmitriy Adisman Rossiya klubi sanksiyalar tufayli Abbosbek Fayzullayevning transferi uçun Toşkent klubi hisob raqamiga tölovni amalga oşira olmayotgani va bu muammo tez orada bartaraf etilişi haqida xabar qilingandi. U öz intervyusida Moskva klubidan taşqari «Fenerbahçe»dan ham qiziqiş bölgani, ammo futbolçi yevrokuboklarda iştirok etuvçi uşbu klubga ötişni istamagani haqida aytib ötgandi.
Abbosbek Fayzullayev «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Hali klub akademiyasida ekanidayoq Özbekiston ösmirlar jamoasiga çaqirilgan. 2021 yil may oyida Fayzullayev «Paxtakor»ning asosiy jamoasida, şuningdek Özbekiston yoşlar jamoasida debyut qiladi. Birinçi mavsumida u klubda töqqiz öyinda qatnaşib, maydonda jami 280 daqiqa ötkazadi. Keyingi mavsumda esa Abbosbek «Paxtakor»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylanadi: 26 öyinda maydonga tuşib, sakkiz gol uradi hamda ikki golga uzatma beradi. Özbekiston jamoasi bilan 2022 yilgi Osiyo Kubogi U23 turnirida ham iştirok etgandi, yil yakunida Özbekiston futbol federatsiyasi uni «Yoş yulduz» sifatida taqdirlagandi.
Şuningdek, u joriy mavsum Superligada 6 öyinda maydonga tuşib, 2 ta golga mualliflik qilgan va bir golga uzatma bergan. Iyun oyida Abbosbek mamlakat milliy jamoasi uçun ham debyutini amalga oşirdi: Ummonga qarşi öyin (3:0) oxirida 17 daqiqa harakat qildi. Tojikistonga qarşi keçgan ikkinçi öyinda (5:1) ham zaxiradan tuşib, milliy jamoa uçun debyut golini urdi.
U 2023 yil mart oyida yoşlar örtasidagi Osiyo kubogi U20 turniri qahramonlaridan biriga aylanib, Özbekiston U20 jamoasi bilan qit’a çempionligini qölga kiritgandi, turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Argentinada ötgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 4 öyinda maydonga tuşib, bitta gol va assist muallifiga aylangandi.
Abbosbek – RPL tarixida Özbekistonning 49-vakili böldi. Hozirda ligada yana uç nafar özbekistonlik töp tepmoqda: Rustam Aşurmatov va Umarali Rahmonaliyev (ikkisi ham – «Rubin»da), şuningdek Ibrohimxalil Yöldoşev («Pari NN»). RPLda muvaffaqiyatli töp surgan futbolçilar sifatida – Mirjalol Qosimov («Alaniya»), Vitaliy Denisov (TsSKA, «Lokomotiv», «Krilya Sovetov» va «Rubin»), Odil Ahmedov («Anji», «Krasnodar») va Eldor Şomurodovni («Rostov») keltiriş mumkin.












