00:45 / 29.02.2020
0
14070
Toshkentda 53 yoshli ayol va uning nabirasi qidirilmoqda
Foto: Toshkent IIBB

Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi 62 yoshli Derbusheva Natalya Olegovna 2 yoshli nabirasi bilan sayr qilishga chiqib, uyga qaytib kelmagan.

Toshkent IIBB matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, ayol 2 yoshli nabirasi Derbusheva Alina Dmitriyevna bilan 23 fevral soat 17da Chilonzor tuman, 17-daha, 40-uy, 84-kvartira bo‘yicha joylashgan uyidan sayr qilishga ko‘chaga chiqib ketib, uyga qaytib kelmagan.

Ayolning tashqi belgilari: bo‘yi 162 sm, sochi qora, ko‘zlari ko‘k. U ko‘k rangdagi kurtka, ko‘k jinsi shim va qora krossovkada bo‘lgan. 2 yoshli Alina esa ko‘k rangdagi sport kiyimi hamda qizil krossovkada bo‘lgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan Natalya Olegovna va uning nabirasini ko‘rganlar bo‘lsa, 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlari bo‘yicha murojaat qilish so‘ralgan.

IIBBda odam yo‘qolgani haqida hayallamay 102 raqami orqali xabar qilish kerakligi yana bir marotaba eslatib o‘tilgan.

“Qimmatli vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar yaratishga sarflamang va ichki ishlar idoralari xodimlari bedarak yo‘qolganlik haqida ariza olishi uchun go‘yoki uch kunlik muddat o‘tishini kutib o‘tirmang – aslo bunday emas”, deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top