18:30 / 02.03.2020
0
4925
Davlat inspeksiyasi Jyeynovdagi shifoxona ish faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi

Kun.uz saytida «Mirishkordagi shifoxona yana xarob ahvolda. Davlat pullari besamar sarflandimi?» sarlavhasi ostida e'lon qilingan materialda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Jyeynov Jyeynov shaharchasida joylashgan, yaqindagina ta'mirdan chiqarilgan shifoxona yana xarob ahvoldaligi tanqid ostiga olingan edi.

Tahririyatga ma'lum qilishlaricha, Jyeynov shaharchasidagi holat bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi topshirig‘i asosida shifoxonaning faoliyati undagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top