Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş Al-Ahli kasalxonasiga qilingan hujumni «eng kuçli tarzda» qoraladi. «Ğazo sektoridagi şifoxonaga bugun uyuştirilgan hujum natijasida yuzlab falastinlik tinç aholining ölimi meni şokka tuşirdi», deb yozgan Guterriş X mikroblogida. U, şuningdek, «kasalxonalar va tibbiyot xodimlari xalqaro humanitar huquq bilan himoyalanganini» ta’kidladi.
Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel Ğazo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga uyuştirilgan hujumni xalqaro huquqning buzilişi deb atadi. «Fuqarolik infratuzilmasiga hujum xalqaro huquqqa mos kelmaydi», dedi u Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlarining videokonferensiyasidan söng. Bu haqda 17 oktyabr, seşanba kuni AFP xabar berdi.
«Fuqarolik obektlari, ayniqsa, agar u bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan töliq işlaydigan kasalxona bölsa, heç qanday holatda hujumga uçramasligi kerak», deyiladi Germaniya TIVning ingliz tilidagi X (sobiq Twitter) mikroblogida e’lon qilingan bayonotda. «Ğazo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasida yuzlab odamlarning ölimi haqidagi xabarlar bizni qattiq şokka tuşirdi», deyiladi xabarda.
Kasalxonaga va tinç aholiga hujumni heç narsa bilan oqlab bölmaydi, deb yozdi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X’da kasalxona majmuasiga qilingan hujumni qoralab. U «keçikmasdan» Ğazo sektoriga gumanitar koridor oçişga va bu zarba böyiça barça tafsilotlarni aniqlaştirişga çaqirdi.
Musulmon davlatlarda norozilik namoyişlari
Iordaniya, Livan, Tunis, Marokaş, Iroq, Liviya Tripolisi, şuningdek, Turkiyaning Istanbul şahrida 17 oktyabr kuni keçqurun va 18 oktyabrga ötar keçasi kasalxonaga qilingan hujum munosabati bilan norozilik namoyişlari bölib ötdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yuzlab odamlar zarba qurboniga aylangan.
Iordaniya poytaxti Ammanda 17 oktyabr oqşomida yuzlab namoyişçilar Isroil elçixonasiga kirişga uringan, deb xabar beradi Petra Iordaniya axborot agentligi. Şu bilan birga, Iordaniya razvedka xizmatlaridagi manbalar binoga bostirib kirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ular namoyişçilar olib çiqilganini aytdi.
Ommaviy norozilik namoyişlari Livan poytaxti Bayrutda ham bölib ötdi. Janubdagi çekka hududlarda Eron qöllab-quvvatlagan Livanning «Hizbulloh» harakati tarafdorlari köçalarga çiqib, «ğazab kuni»ga çaqirdi. Boşqa namoyişçilar Bayrutdagi AQŞ va Fransiya elçixonalari yonida töplandi, deya xabar beradi dpa.
Tunis poytaxtida ham yuzlab namoyişçilar köçalarga çiqib, Fransiya elçixonasi oldida töplandi, deya xabar bermoqda TAP davlat axborot agentligi. Namoyişlar Ramalloh va Falastin milliy ma’muriyatiga qaraşli boşqa şaharlarda, Marokaş, Iroq va Liviya Tripolisida ham bölib ötdi.













