Kun.uz’ga Qöşköpir tumanida yaşovçi fuqarodan murojaat kelib tuşdi. Unda tuman markaziy şifoxonasining stomatologiya bölimi açinarli ahvolda ekanligi, bino ta’mirga muhtojligi, zamonaviy tibbiy uskunalar yöqligi, tuman mas’ullari uşbu muammoga e’tibor qaratmayotgani haqida söz boradi.
Murojaat egasi fikrlariga asos sifatida tahririyatga bölimdan tuşirilgan köplab suratlarni taqdim qildi. Ularda stomatologiya bölimi çindan ham açinarli holda ekanligini köriş mumkin.





Bölimdagi mebellar, eşik va romlar, hatto qaysi xona ekanligini bildiruvçi yozuvlar ham binoning yoşi bilan teng bölişi mumkin. Ayniqsa, bu yerdagi tibbiy jihozlarni körgan soğ odamning tişi oğrib qolişi heç gap emas.





Mahalliy budjet mablağlarini turli tadbirlar uçun istagança sarflayotgan tuman hokimligi uşbu tarixiy şifoxonani yangilaşga, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlaşga e’tibor qaratmayotgani tuşunarsiz holat.
Masalan, tuman hokimligi mahalliy budjetning zaxira mablağlari hisobidan bayramlarda banner yasatiş hamda şiorlar uçun millionlab söm sarflab kelmoqda.



















