18:08 / 04.03.2020
0
3964

Ekspert: har bir fuqaro yiliga 165 kg.dan 500 kg.gacha chiqindi tashlamoqda

Poytaxt maishiy chiqindilari tashlanadigan Ohangarondagi poligon 98 foizga to‘lib bo‘lgan. Uni qayta ishlash juda past darajada, taxminan 15 foiz. Yaqin kelajakda uni 30 foizga yetkazib, kelgusida oshirib borish mo‘ljallangan

Foto: KUN.UZ

Bugun, 4 mart kuni, Toshkent shahar hokimligi va BMT Taraqqiyot dasturining raqamli rivojlanish sohasidagi hamkorlik hamda innovatsiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bu yirik loyiha doirasida “Maxsustrans” DUK bilan birgalikda axlatni saralash muammosini hal qilishda “turtish nazariyasi”ni qo‘llash, ya'ni aholini chiqindi tashlashga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish bo‘yicha tajriba o‘tkazilgani ma'lum qilindi. 

BMT Taraqqiyot dasturining innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha koordinatori Nodira Muhammadqulova chiqindilar bilan bog‘liq vaziyatni izohlarkan shunday dedi:

– Har bir fuqaro yiliga 165 kg.dan 500 kg.gacha chiqindi tashlamoqda. Bu ko‘rsatkich mavsumga qarab o‘zgarib boradi. O‘zbekistonda 2 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi to‘planib qolgan va bu ko‘rsatkich ortib boryapti. Yiliga 35 mln. tonna maishiy va 100 mln. tonnadan ortiq sanoat chiqindilari chiqarilmoqda. Faqat chiqindilarni saralash va keng ko‘lamli qayta ishlash muammoning yechimi bo‘la oladi. Toshkent shahri chiqindilari tashlanadigan Ohangaron poligoni 1966 yilda qurilgan va deyarli to‘lib bo‘lgan. Hozir chiqindilar shunchaki ko‘milyapti. Qayta ishlash darajamiz juda past, holbuki rivojlangan davlatlarda chiqindini qayta ishlash sanoat darajasiga chiqqan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top