O‘zbekiston | 07:41 / 24.02.2024
2015
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh bilan tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qilinadi

AQSh kompaniyasi bilan tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik tashabbusi bilan AQShning SAYAR LLC kompaniyasi delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida chet el kompaniyasi vakillari viloyatdagi qator tibbiyot muassasalarida bo‘lib, tibbiyot chiqindilari saqlanishi, tarkibi, miqdori, holati bilan tanishdilar.

Tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash borasida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratildi. Chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilib, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. Yakunda AQSh kompaniyasi bilan bu borada har tomonlama hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash dastlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda maxsus filtrlardan foydalaniladi va atmosferaga zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olinadi. Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasidan esa shifoxonalarni isitishda foydalaniladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid