Bu inventarizatsiya amalga oshirilishiga bog‘liq ekani aytilgan
UzAuto Motors avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.
«UzAuto Motors kompaniyasi inventarizatsiya amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatadi», - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, kompaniya inventarizatsiya tugagani haqida rasmiy sahifalari orqali xabardor qiladi.
Shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Avvalroq, koronavirus oqibatida Chevrolet Equinox’ning O‘zbekistonga yetkazib berilishi kechikishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Bildirilishicha, bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli ko‘pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilishida muammo yuzaga kelgani sababli o‘z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.