Bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli köpgina avtomobil işlab çiqaruvçilarda Xitoyda işlab çiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilişida muammo yuzaga kelgani sababli öz zavodlarida işlab çiqarişni vaqtinça töxtatib qöyişdi.
UzAuto Motors xabariga köra, uşbu favqulodda vaziyat tufayli Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilişi ham mintaqadagi epidemiya bilan boğliq vaziyat özgarmagunga qadar keçiktirilişi mumkin.
Chevrolet Equinox avtomobilini sotib oliş uçun şartnoma pulini tölagan va avtomobil yetkazib berilişi qayta tiklanişini kutişni istamagan mijozlar belgilangan tartibda tölangan summani qaytarib olişlari mumkin. Şuningdek, UzAuto Motors dilerlik markazlaridan boşqa har qanday avtomobilni sotib oliş uçun şartnomani almaştirişlari mumkin böladi.
Chevrolet Equinox avtomobili uçun şartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e'tiboran kuni UzAuto Motors kompaniyasining Özbekistondagi barça dilerlik dökonlarida boşlangan.
Kompaniya yuzaga kelgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söragan. Mazkur avtomobilni yetkazib berişni qayta tiklanişi töğrisida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar berilişi aytilgan.









